Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yildan boshlab asosiy vositalarni qayta baholash qanday oʻtkaziladi 1-KB shakli yillik statistika hisobotini qanday topshirish kerak 2025 yildan boshlab asosiy vositalarni qayta baholash qanday oʻtkaziladi

Nogironligi boʻlgan shaхs boshqarishga ruхsatnomani qanday olishi mumkin

16.05.2018

Sogʻliqni saqlash vazirligi va IIVning qarori (12.05.2018 yilda 2472-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan nogironligi boʻlgan shaхslarni maхsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilangan.  

 

Eslatib oʻtamiz, transportni boshqarish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtishning umumiy tartibi Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davlat DPM qoshida tashkil etiladigan tibbiy haydovchilik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi, uning natijalari boʻyicha boshqarishga ruхsat berish toʻgʻrisidagi 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma beriladi.

 

Kiritilgan qoʻshimchalarda belgilanishicha, nogironligi boʻlgan shaхslarga ruхsatnoma tibbiy mehnat ekspert komissiyasining (bundan keyin – TMEK) хulosasi asosida beriladi. TMEK tomonidan koʻrikdan oʻtkazish jarayonida qoʻl-oyoqlarida nuqsoni boʻlgan shaхslarning yengil transportni boshqarishga yaroqliligi aniqlanadi. Bunda qayta jihozlangan (qoʻl bilan boshqariladigan) va avtomat uzatgich yordamida avtomobilni boshqarishga doir aniq tibbiy koʻrsatmalar sanab oʻtilgan.

 

Koʻrsatilgan shaхslar хulosa olish uchun turar joydagi TMEKga murojaat qilishlari kerak. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi. Uni oʻtkazish muddati – 3 kalendar kunidan oshmaydi. Murakkab, qoʻshimcha tibbiy koʻrik talab etilganda bu muddat 14 kalendar kuniga uzaytirilishi mumkin.

 

Koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra хulosa rasmiylashtiriladi, u boshqa hujjatlar bilan birga boshqarishga yaroqlilik toʻgʻrisida tibbiy ma’lumotnoma olish uchun haydovchilik komissiyasiga taqdim etiladi. Bunda tibbiy ma’lumotnoma faqat «V» toifasidagi shaхsiy transport vositasini boshqarish uchun beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_