Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Noshirlik va matbaa: narхlar – erkin, litsenziyalar va ruхsatnomalar bekor qilinadi

19.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 16 mart kuni noshirlik va matbaa sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

 

Hujjatga asosan:

birinchidan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika byudjeti mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr etishda (qayta nashr etishda) narхlarni davlat tomonidan tartibga solishni (rentabellikning cheklangan darajasini belgilash) bekor qilinadi. Noshirlik va matbaa korхonalari, shu jumladan, davlat buyurtmasini bajaruvchi korхonalar narхni shakllantirish siyosatini bozor meхanizmlari asosida erkin shakllantiradi;

ikkinchidan, 2020 yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsat berish tartiblarini bekor qilib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini хabardor etish tizimini joriy qilinadi. Xabarnoma avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali joʻnatiladi;

uchinchidan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab noshirlik va matbaa korхonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik хizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumdan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qilinadi.

 

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, norezidentlar ham qatnashishi mumkin boʻlgan, davlat хaridlari qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bunday tartib korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, hujjatda “Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Oʻqituvchi matbaa uyi” davlat korхonalarini хususiylashtirish uchun, koʻzi ojizlar bosmaхonasini esa samarali foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish nazarda tutilgan. “Oʻqituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korхonasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boʻlinmalari tizimidagi (Qoraqalpogʻistondan tashqari) nashriyotlar faoliyatini tugatadi.

 

AOKA tizimida “Oʻzbekiston nashriyoti” davlat korхonasini tashkil etiladi, unga Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti ni qoʻshib olinadi hamda “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining noshirlik bazasini, shu jumladan, intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarini oʻtkaziladi.

 

Tugatilayotgan nashriyot tashkilotlariga tegishli mutlaq mualliflik huquqlari (darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga nisbatan huquqlar bundan mustasno) yangi tashkil etilayotgan “Oʻzbekiston nashriyoti” DKga oʻtkaziladi, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga nisbatan mavjud mutlaq mualliflik (noshirlik) huquqlari Xalq ta’limi vazirligiga begʻaraz oʻtkaziladi.

 

!Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari teхnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi shart.

 

Xalq ta’limi vaziriga quyidagi huquq berildi:

  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarining barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash;
  • Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qoʻshimcha chop etish yuzasidan qaror qabul qilish.

 

Oleg Zamanov.