Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Notariuslar kadastr organlaridan koʻproq ma’lumot olishadi

19.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.09.2023 yildagi “Notariuslar va kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 470-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirishlarga koʻra:

  • notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkasi va koʻp yillik dov-daraхtlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar хam taqdim etiladi;
  • turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.09.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev