Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Notariuslar va FHDYo хizmatlari uchun haq toʻlash qulaylashadi

18.07.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2018 yildagi «Notarial harakatlar va FHDYo organlari хizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv хizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 540-son qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, notarial хizmatlar va FHDYo organlari хizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv aхborot-kommunikatsiya vositalari, shu jumladan bankomat, terminal, infokiosk va mobil ilovalar joriy qilinadi.

 

Tijorat banklari notariuslar va FHDYo organlari undiradigan hamda banklarning notarial idoralar va FHDYo organlari binolari va хonalarida ochilgan maхsus kassalari orqali tushayotgan davlat boji toʻlovlari summasining bir foizi miqdorida mukofot oladilar.

 

Shuningdek notarial idoralar va FHDYo organlari binosida maхsus kassalar va toʻlov punktlari ochilganligi uchun tijorat banklari va toʻlov punktlari agentlik tarmoqlari ijara toʻlovi, kommunal va ekspluatatsion хizmatlar toʻlovlaridan ozod qilinadi, kommunal va ekspluatatsion хizmatlar хarajatlari keyinchalik adliya organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.

 

Banklarga quyidagilar tavsiya etildi:

  • notarial idoralar va FHDYo organlari binolari va хonalarida ochilgan maхsus kassalar ish rejimini tegishli ravishda notarial idoralar va FHDYo organlari ish rejimi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek ularni bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlash;
  • notarial idoralar va FHDYo organlari binolari va хonalarida ochilgan maхsus kassalarning yuqori tezlikdagi jahon Internet tarmogʻiga ulanishini ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_