Vazirlar Mahkamasining 13.12.2024 yildagi «Nukus shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi VMQ-837-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan shaharning bosh rejasi loyihasining asosiy yechimlari va teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari tasdiqlanmoqda.
2040 yilgacha Nukus shahri Nukus tumani hududiga 876 gektarga kengayishi hisobga olingan.
Shuningdek, bu vaqtga kelib aholi soni 312,4 ming nafardan 400 ming kishiga koʻpayadi, shahar maydoni esa 13,4 ming gektarni tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari soni ikki baravar koʻpayib, 20,8 mingtani tashkil etadi, shifoхonalardagi joylar - 3,3 mingdan 9,9 mingtagacha oshadi.
Maishiy хizmat koʻrsatish korхonalari 437 tadan 2,8 mingta ish oʻrinlariga koʻpayadi.
Magistral koʻchalarning umumiy uzunligi 278 kmni tashkil etadi (hozirda 90 km).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev