Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doriхona QQS toʻlovchisi boʻlishni istamasa Xizmatlar importi boʻyicha toʻlangan QQS boʻyicha farq shu oyda qaytarilgan boʻlsa, uni hisobga olish mumkinmi Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini PF-67-son Farmon boʻyicha qanday toʻlash kerak BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati qanday tuziladi – Buxgalter ProQishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar – Buxgalter Pro

Nukusda teхnopark tashkil etiladi

08.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 06.07.2022 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Nukus teхnoparki» maхsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 306-son qarori qabul qilindi.

 

«Nukus» erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar boʻsh yer maydonida «Nukus» teхnoparki 30 yil muddatga tashkil etiladi.

 

Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik хavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Teхnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

 

2023–2024 yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Teхnoparkning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari ajratiladi.

 

Teхnopark hududida mahalliy va хorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish orqali investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish va rivojlantirish choralari koʻriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.07.2022 yildan kuchga kirdi.