Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Nurlanish olishning dozalarini hisobga olish yagona tizimi barpo etilmoqda

04.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.09.2021 yildagi “Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisida”gi 613-son qarori qabul qilindi.

 

Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati tomonidan yuritiladi hamda uning milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli Nizom tasdiqlandi:

  • amaldagi sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini nazorat qilish hamda hisobga olish;
  • nurlanish olishning individual dozalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻnlash tartibini belgilash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni tahlil qilish;
  • tahlillar natijasi boʻyicha nurlanish olishning aholiga ta’sirini baholash va uning ta’sir qilish darajasini kamaytirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish.

 

Vazirliklar va idoralarga faoliyati davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi tashkilotlarda 2021 yil yakuniga qadar nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimini tashkil etish  topshirildi.

 

Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha ma’lumot Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatiga berib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.