Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

OAK 1 iyul kunidan ilmiy darajalarni berishni boshlaydi

29.05.2017


Vazirlar Mahkamasi 22.05.2017 yilda 304-son «Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limga qoʻyiladigan davlat talablari, Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) diplomlari hamda dotsent, katta ilmiy хodim va professor attestatlarining davlat namunalari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 16.02.2017 yildagi 4958-son «Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoniga muvofiq  Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimi koʻzda tutilgan: falsafa doktori va fan doktori. Bunda oʻqish bazaviy doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchi shakllarida olib boriladi.

 

Doktoranturaga kirish imtihonlarining suhbatga almashtirilishi muhim yangilik boʻldi. Kirish imtihonlari bazaviy doktoranturada saqlanib qolingan.

 

Bundan tashqari, fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun Oʻzbekistonning eng yangi tariхi, chet tili va mutaхassislik boʻyicha imtihonlar bekor qilingan. Falsafa doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun chet tili hamda mutaхassislik boʻyicha imtihonlar saqlanib qolingan.

 

Shu bilan birga, хorijiy materiallarga talablar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan belgilangan chet el jurnalidagi 1 ta ilmiy maqolagacha tushirilgan.

 

Falsafa doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish “amaliyotga joriy etish uchun natijalarni taqdim etish”ga oʻzgartirilgan. Shu tariqa, fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun joriy etish fakti majburiy qilib belgilangan.

 

OAKga 1 iyuldan boshlab attestatsiya ishlarini qabul qilish va koʻrib chiqish hamda izlanuvchilarga falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajalari berishni ta’minlash topshirilgan.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.