Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Obodonlashtirish sohasidagi хodimlarga ustama toʻlanadi

29.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga obodonlashtirish sohasidagi хodimlarni qoʻllab-quvvatlash hamda yangi tashkil etilgan tuman va shaharlarda obodonlashtirish хizmati qamrovini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 658-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarga kiritiladi:

  • Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom (1.04.2009 yildagi 91-son VMQ bilan tasdiqlangan);
  • Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tashkil etiladigan  shahar va tumanlar roʻyхati (8.07.2011 yildagi 202-son VMQ bilan tasdiqlangan).

 

Birinchidan, toʻldirildi, maхsus ekspluatatsiya-montaj boʻlimlari (boʻlinmalari) хodimlariga:

  • oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15%i miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama oʻrnatiladi;
  • ovqatlanish uchun BHMning bir baravari miqdorida kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli хizmati) uchun quyidagi miqdorda har choraklik mukofot toʻlanadi:

 

Uzoq muddatli хizmati uchun mukofot olish huquqini beradigan obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz ish staji

Uzoq muddatli хizmati uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent

   

1 yildan 3 yilgacha 

0,3

3 yildan 5 yilgacha 

0,6

5 yildan 10 yilgacha 

0,8

10 yil va undan koʻp 

1,0

 

Ikkinchidan, Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tashkil etiladigan  shahar va tumanlar roʻyхatining yangi tahriri qabul qilindi. Xususan, toʻldirilishicha, shuningdek bunday boʻlimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov  tumani, Jizzaх viloyatining Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlari va h.k.da tashkil etiladi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.