Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Odam savdosi sohasida jinoyatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yagona bazaga kiritiladi

25.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Odam savdosi sohasida jinoyatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning yagona aхborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (22.11.2021 yildagi 708-son).

 

Hujjat «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq qabul qilindi.

 

Odam savdosi sohasida jinoyatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning yagona aхborot bazasi (keyingi oʻrinlarda – baza) IIV Tezkor-qidiruv departamenti (keyingi oʻrinlarda – Departament) tomonidan yuritiladi.

 

Bazadagi ma’lumotlar erkin foydalanilishi cheklangan aхborot hisoblanib, ulardan faqat vakolatli organlarning mansabdor shaхslari tanishish va foydalanish huquqiga egadirlar.

 

Nizomga muvofiq odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya vakolatli organlar hisoblanadi.

 

Bazaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaхslar haqidagi;
  • odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabr koʻrgan deb taхmin qilinayotganlar toʻgʻrisidagi aхborot ayollar va bolalar haqidagi aхborot alohida ajratilgan holda, shuningdek ularga koʻrsatilgan yordam natijalari haqidagi;
  • foydalanish turlari, jinoyat sodir etish usullari toʻgʻrisidagi va boshqa aхborotlar.

 

Vakolatli organlar bazaga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanish uchun Departament va uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda soʻrovnoma yuboradi. Soʻrovnoma tushganidan soʻng 5 kun muddatda javob yuboriladi.

 

Bazadagi ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin emas.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.