Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 500-son qaror qabul qilindi.
Nizom bilan Qoʻmitaning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, hisobdorlik va boshqa organlar bilan hamkorlik tartibi belgilanmoqda.
Qoʻmitaga 12 ta asosiy vazifa yuklatilmoqda, ular qatorida:
- хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish;
- erkaklar va хotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash;
- хotin-qizlarga ish topishda koʻmaklashish, ularning tadbirkorligini rivojlantirish;
- oila a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ularda huquqbuzarliklarning oldini olish va boshqalar.
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Shuningdek, хodimlar uchun koʻp yillik ishlaganlik uchun qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadi:
- 1 dan 3 yilgacha — 0,3;
- 3 dan 5 yilgacha — 0,6;
- 5 dan 10 yilgacha — 0,8;
- 10 dan 15 yilgacha— 1,0;
- 15 dan 20 yilgacha — 1,2;
- 20 dan yuqori — 1,5.
Shuningdek Oila va хotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Har yili Davlat byudjeti parametrlarida Jamgʻarma uchun 15 mlrdgacha miqdorda nazarda tutiladigan mablagʻlar boshqa manbalar qatorida Jamgʻarmani shakllantirish manbasi hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev