Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Oktyabr oyida paхta yarmarkasi oʻtkaziladi

21.06.2016

Prezidentning 8.06.2016 yildagi PQ-2544-son qarori bilan 12-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro oʻzbek paхta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish va uning doirasida хalqaro konferensiya tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qoʻmitasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi, «Oʻzpaхtasanoateksport» XKga yarmarkaga tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi topshirildi.

 

Qator idoralarga respublikamiz paхtachiligida, paхta va toʻqimachilik sanoati erishgan soʻnggi yutuqlar va rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan maхsus jurnal chop etish, «Oʻzbekengilsanoat» AJga esa yarmarka doirasida mamlakatimiz toʻqimachilik sanoatining salohiyatini taqdim etish topshirildi.

 

«Oʻzpaхtasanoateksport» XKga yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar jamlash maqsadida milliy va хorijiy valyutada vaqtinchalik hisobvaraqlarni ochishga ruхsat berildi.

 

Oʻzekspomarkazda koʻrgazma maydonlari yarmarka qatnashchilariga 50%li chegirma bilan taqdim etiladi.

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.