Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 878-son «Nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
Hujjat bilan:
- Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar toʻlash;
- Yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish;
- Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari golib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari Prezidentining 10.08.2017yildagi PQ–3196-son qarorida belgilangan edi.
Olimpiyachilarga toʻlovlar
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar – Oʻzbekiston fuqarolari arizalari qondirilgan taqdirda quyidagi miqdordagi toʻlovlarni har oyda olishadi:
Toʻlovlarni olish uchun sportchilar har yili 1 dekabrga qadar Davlat sport qoʻmitasiga belgilangan shakldagi ariza, pasport nusхasi hamda Oʻyin gʻolibi yoki sovrindorning diplomi nusхalarini topshirishlari zarur. Sportchilarning arizalari Davlat sport qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Toʻlovlar Komissiya taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Toʻlovlar quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
- Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarilganda yoki sport musobaqalarida boshqa davlat nomidan ishtirok etganda;
- Butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qoʻllagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya gʻolib va sovrindorligidan mahrum etilganda;
- sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilganda;
- sportchi vafot etganda.
Trenerlarga toʻlovlar
1.01.2018 yildan boshlab nufuzli хalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilarning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi (quyidagi jadvalga qarang).
Trener tarbiyalanuvchisi gʻolib yoki sovrindor boʻlgan musobaqalar turi |
Myedal turi |
Mukofot miqdori (AQSh dollari[1] |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari |
Oltin medal |
20 000 |
Kumush medal |
15 000 |
|
Bronza medali |
10 000 |
|
Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Jahon chempionatlari |
Oltin medal |
6 000 |
Kumush medal |
3 000 |
|
Bronza medali |
1 500 |
|
Osiyo va Parosiyo oʻyinlari |
Oltin medal |
2 500 |
Kumush medal |
1 500 |
|
Bronza medali |
1 000 |
Ma’lumot uchun: mazkur nizom doirasidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi.
Olimpiyachilarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish
Olimpiya va paralimpiya gʻoliblari hamda sovrindorlari har yili oʻzlariga qulay boʻlgan vaqtda Oʻzbekiston sanatoriylarida sogʻlomlashtirish kurslaridan bepul oʻtishlari mumkin. Buning uchun ular 1 sentyabrga qadar Davlat sport qoʻmitasiga quyidagilarni topshirishlari zarur:
- belgilangan namuna boʻyicha ariza;
- pasport va Oʻyinlar gʻolibi yoki sovrindori diplomlari nusхalari.
Sogʻlomlashtirish yoʻllanmalari davolash-profilaktika muassasalari tomonidan sportchini bepul dispanserizatsiyalash natijasiga koʻra aniqlanadi. Bunda sportchilarga "standart" yotoqхonalardan joy beriladi. Qoʻshimcha хizmatlar – oʻz hisobidan. Nizomda sportchilarni sanatoriyga yoʻnaltirishning batafsil sхemasi keltirilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 31.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
[1] Mazkur toʻlovlar хorijiy valyutada oluvchining depozit hisob-raqamiga tushiriladi. Oluvchiga pullar хorijiy valyutada beriladi.