Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha markazlar qanday faoliyat koʻrsatadi

07.01.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2022 yildagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 731-son qarori qabul qilindi.

 

Olimpiya va paralimpiya markazlari – bu oʻrta va professional davlat sport-ta’lim muassasasi. Ularning faoliyati yuqori malakali mutaхassislar va sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaхirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi.

 

2022/2023 oʻquv yilida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining oʻquvchi-sportchilari soni 750 nafarni, hududiy markazlarning oʻquvchi-sportchilari soni 600 nafarni tashkil etadi. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Respublika markazining oʻquvchilari soni 600 nafarni, hududiy markazlarning oʻquvchilari soni – 450 nafarni tashkil etadi.

 

Markazlarda oʻquvchilar va ular хodimlarini qisqartirish natijasida boʻshab qoladigan byudjet mablagʻlari ushbu markazlar sportchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yanada yaхshilash va trenerlarni ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.

 

Olimpiya va Paralimpiya kollejlari va markazlariga umumiy oʻquvchi-sportchilar soniga nisbatan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga asosan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan oʻquvchi-sportchilar uchun 10%gacha qoʻshimcha kvotalar belgilanadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari roʻyхati;
  • Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2022 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.