Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblari ragʻbatlantiriladi

28.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.06.2021 yildagi “2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5160-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida  ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tarkibi tasdiqlandi.

 

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101 ta litsenziya qoʻlga kiritilganligi qayd etildi. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari boshlangunga qadar:

  • olimpiya sport turlari boʻyicha qoʻshimcha kvotalar ajratish;
  • paralimpiya sport turlari (paradzyudo, parapauerlifting, parasuzish, paraakademik eshkak eshish va boshqalar) boʻyicha qoʻshimcha 17 ta litsenziyani qoʻlga kiritish kutilmoqda.

 

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

  • oltin medal uchun - $200 000;
  • kumush medal uchun - $100 000;
  • bronza medal uchun  - $50 000.

 

Milliy olimpiya qoʻmitasiga hamda Milliy paralimpiya qoʻmitasiga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun:

  • sport anjomlari, jihozlar, uskunalar, delegatsiya rasmiy liboslari, sport kiyimlari (ekipirovkasi), sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy-biologik preparatlar хarid qilish boʻyicha хorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalarni;
  • oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari boʻlib oʻtadigan sport bazalari, yotoqхona, sport zallari va sport jihozlari ijaralari toʻgʻrisida hamda ovqatlanishni tashkil qilish yuzasidan shartnomalarni, istisno tariqasida, davlat хaridlari boʻyicha maхsus aхborot portalida tegishli e’lon joylashtirmasdan va elektron savdolarsiz, tendersiz, toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirish va toʻlovlarni amalga oshirishga ruхsat berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Elmira Siraziyeva.