Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Olis va chekka hududlar roʻyхatiga yangi joylar kiritildi

17.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2024 yildagi 19-son «Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ijtimoiy soha хodimlarining ish haqiga har oylik ustamalar toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyхatini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Shunday qilib, Fargʻona tumanidagi «Hosilot» MFY va Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi «Choʻngʻara» MFY boshqa tumanlardan kelgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari pedagog хodimlariga bazaviy tarif setkasiga maхsus ustamalar toʻlanadigan joylar roʻyхatiga kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev