29.03.2017 yildagi OʻRQ–421-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan boʻlib, 1.04.2017 yilda kuchga kiradi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Oliy sud Plenumi – endi eng yuqori instansiya emas
Oliy sud Plenumi – endi eng yuqori instansiya emas
31.03.2017
Hujjat bilan sud instansiyalari roʻyхatiga tuzatish kiritildi.
Birinchidan, Oliy sud Plenumi (sudyalarning umumiy yigʻilishi) endi eng yuqori sud instansiyasi hisoblanmaydi. Ilgari u nazorat tartibida aniq sud ishlarini koʻrib chiqar edi (mansabdor sudyalar va prokurorlar protestlari boʻyicha). Endi u faqat tashkiliy masalalarni hal etadi, sud amaliyotini umumlashtiradi va qonunchilikning qoʻllanilish tartibi haqida tushuntirishlar beradi.
Oliy sud Rayosati eng yuqori instansiya boʻldi. U Rais, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va bir nechta sudyalardan iborat. Rayosatning aniq tarkibini Plenum tasdiqlaydi.
Ikkinchidan, oʻrta boʻgʻin sudlari Rayosatlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, Harbiy sud) ham aniq sud ishlarini koʻrib chiqmaydigan boʻlishdi. Ilgari ular Oliy sud Plenumi singari nazorat qiluvchi instansiya hisoblanar edi. Endi ular faqat sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqish va sudlov hay’atlari hamda quyi sudlar raislari ma’ruzalarini eshitadigan boʻldi.
Mazkur sudlar raislari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari, Harbiy va Transport prokurorlari endi nazorat tartibida protest keltira olmaydi.
Uchinchidan, jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya sudlari qarorlarini qayta koʻrib chiqish tartibi oʻzgardi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahri sudlari, Harbiy sud appelyatsiya va kassatsiya hay’atlarining ajrimlari faqat jinoyat ishlari boʻyicha sud hay’ati hamda Oliy sudning harbiy hay’ati tomonidan nazorat tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya va kassatsiya sudlov hay’atlarining ajrimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari – Oliy sud Rayosati tomonidan koʻrib chiqiladi.
Samir Latipov,
ekspertimiz.
Mavzuga doir materiallar:
- Oʻz iхtiyori bilan qurol qayerga topshiriladi?
- Musodara qilingan jinoyat qurollari qaytariladimi?
- Qarz uchun qamashadimi?
- Afv etish toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlash ishlari boshlandi
- Jinoyat ishlari boʻyicha sud ijro varaqasini 3 kun ichida yuboradi
- Qanday jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov majburiy hisoblanadi?
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»