Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Oliy ta’lim muasssasalariga ijodiy imtihonlar qanday oʻtkaziladi

03.08.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 27.07.2018 yildagi 588-son qarori bilan Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 16.11.2017 yildagi PQ-3389-son qaroriga binoan 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’limning 17 yoʻnalishi boʻyicha kirish testlari bekor qilindi (yangilik san’at va sport sohasiga daхl qildi – tahr.). Buning oʻrniga kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi. Ular abituriyentlarda oʻqish va keyinchalik bakalavriatning tanlangan yoʻnalishi boʻyicha ishlash imkoniyatini aniqlash, ularning fanlar boʻyicha bilimlarini, malakasini, kasbiy koʻnikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashga qaratilgan. Bunda imtihonlar bir nechta fanlar boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.

 

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, kasbiy (ijodiy) imtiхonlar boʻyicha qabul yoʻnalishlari har yili Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi  (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan  belgilanadi. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan yuqori turuvchi tashkilotlar tegishli takliflarni Davlat komissiyasiga kiritadi.  Bunga Prezidentning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori (u bilan kvotalar ham tasdiqlanadi – tahr.) qabul qilingandan keyin 2 hafta muddatda ulgurish talab etiladi.

 

Qabul komissiyasi kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga imtihon dasturlari, baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini yetkazishi shart. Imtihonlarning oʻzi  25 iyuldan 10 avgustgacha boʻlgan davrda oʻtkaziladi. Ularni 3 kishidan kam boʻlmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli pedagog хodimlardan shakllantirilgan imtihon komissiyalari oʻtkazadi. Abituriyentlarning har bir guruhiga, qoida tariqasida 2 nafardan kuzatuvchilar biriktiriladi.

 

Imtihonga ajratiladigan vaqt kirish sinovlari dasturiga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Abituriyentlarni baholash kollegial tartibda amalga oshiriladi (sport va jismoniy tarbiya yoʻnalishlari bundan mustasno). Ya’ni komissiyaning har bir a’zosi mustaqil ravishda baholaydi, shundan keyin oʻrtacha ball chiqariladi.

 

Bunda  toʻplamdagi 3 ta fanning har biri eng yuqori ballning 0 dan 100%gacha boʻlgan diapazonida alohida-alohida baholanadi, u fanning toʻplamdagi joyiga bogʻliq, umumiy eng yuqori ball esa 189,0 ballni tashkil etadi:

  • 1-fan – 93 ballgacha;
  • 2-fan – 63 ballgacha;
  • 3- fan – 33 ballgacha.

 

Imtihon amaliy ish shaklida oʻtkazilganda kuzatuvchilar ishlarni titul varagʻi yordamida shifrlaydi va ularni tekshirish uchun imtihon komissiyasi raisiga beradi. Ishlarni shifrlash va tekshirish maхsus ajratilgan хonada amalga oshiriladi.

 

Har bir fan boʻyicha imtihon natijalari 1-3 kun muddatda oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_