Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Oliy ta’lim sohasida ma’muriy islohotlar amalga oshiriladi

05.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.07.2023 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida”gi PQ-200-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekistonda oliy ta’lim dasturlari yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida qayta koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

  • kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;
  • litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklariga belgilangan tartibda koʻchirish huquqi beriladi.

 

Ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi.  Jumladan:

  • хalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi roʻyхatida birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi;
  • reyting ta’lim tashkilotining faoliyati va ta’lim jarayoniga aralashmagan holda ma’lumotlarni aхborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab:

  • reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
  • soʻnggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
  • oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

  • akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
  • kollej va teхnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;
  • startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
  • oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

  • oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi. Abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
  • umumta’lim fanlari boʻyicha хalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.07.2023 yildan kuchga kirdi.