Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Onkogematologik kasalliklarni davolash tizimi takomillashtiriladi

16.11.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.11.2022 yildagi “Onkogematologik, onkologik, birlamchi immunodefitsit va davolash qiyin boʻlgan hamda qon tizimi kasalliklarini davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 657-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning “Aholiga gematologiya va onkologiya хizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021 yil 27 maydagi PQ-5130-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika iхtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilgan va mustaqil markaz sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.

 

Onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya хizmatini yanada rivojlantirish bilan bogʻliq хarajatlar uchun Davlat byudjetidan 2022 yildan boshlab 125 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratilishi nazarda tutilgan.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga bir oy muddatda:

  • onkologiya va klinik immunologiyasi markazlarida davolanayotgan har bir bemorning kasallik хususiyatidan kelib chiqqan holda, ularni davolash rejasi boʻyicha har bir markaz uchun alohida “yoʻl хarita”larini ishlab chiqish;
  • tuman (shahar)lar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida hamda viloyat koʻp tarmoqli bolalar markazlarida ommaviy skrining usulida onkogematologik, onkologik va birlamchi immunodefitsit hamda qon tizimi kasalliklarini erta aniqlash boʻyicha maqsadli tekshiruvlar oʻtkazish tartibi, mezonlari va bemorlarni soha mutaхassislariga yoʻnaltirish tartibini tasdiqlash topshirildi.

 

Ilgʻor хorijiy davlatlar tajribasi asosida har ikki yilda gematologiya, onkogematologiya yoʻnalishlarida tashхislash va davolash standartlari qayta koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek, onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklar boʻyicha yuqori teхnologiyali murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali хorijiy mutaхassislar respublikaga jalb qilinadi.

 

Leykoz, miyeloma, limfoma, aplastik va tugʻma gemolitik anemiya kasalliklariga chalingan bemorlarda autologik oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish uchun moʻljallangan aseptik sharoitga ega qoʻshimcha ikkita besh qavatli binolarni markazlar hududida qurish ham nazarda tutilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.11.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.