Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Orolboʻyida agro va ekoturizm loyihasi ishga tushiriladi

17.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

“My garden in the Aral Sea” ("Oroldagi bogʻim") - Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini koʻpaytirishga qaratilgan loyiha (12.02.2020 yildagi PQ-4597-son qarorga qarang).

 

Loyiha Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

2018 yilda Prezident huzurida tashkil etilgan Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazi Qoraqalpogʻistonda ikkita  tajriba-sinov maydoni tashkil etdi:  “Moʻynoq” (Moʻynoq tumanida 20,3 gektar maydonda) va “Samanbay” (Nukus tumanida 20 gektar maydonda). Bundan tashqari, markaz tomonidan shoʻrlanish va qurgʻoqchilikka chidamli choʻl va manzarali oʻsimliklar genofondi shakllantirilib, unga kiritilgan 13 turdagi oʻsimlik dunyosi ob’yektlari sinovdan oʻtkazilmoqda.

 

Ushbu yoʻnalishlarda ishlarni davom ettirish uchun markazga moliyalashtirish manbalari belgilandi, qoʻshimcha yer uchastkalari ajratiladi, zarur yoʻl-transport infratuzilmasi quriladi.

 

Vazirliklar, idoralar, ITI va OTMlari tomonidan ishlab chiqilgan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, shu jumladan BMTning Orolboʻyi hududi uchun inson хavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trast fondi grantlari va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar  doimiy ravishda Prezident Administratsiyasi va Hukumatga taqdim etib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.