Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Ortiqcha toʻlangan pensiyalarning barcha qoldiqlari hisobdan chiqariladi

28.12.2018

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 26.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.

 

Ilgari Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5291-son Farmoni bilan 1.01.2018 yildagi holatga koʻra ortiqcha toʻlangan pensiya va nafaqalarning qoldiq summasi:

  • 65 yoshga toʻlgan va undan katta yoshdagi fuqarolardan;
  • 2010 yilgacha boʻlgan davrda tayinlangan boʻlsa, hisobdan chiqarilishi nazarda tutilgan edi (sharhga qarang).

 

Endi Moliya vazirligi 2019 yil 1 yanvar holatiga pensiyalarni toʻgʻri toʻlash boʻyicha tekshirishlar natijasida aniqlangan fuqarolarga ortiqcha toʻlangan pensiya summasining barcha qoldiqlarini hisobdan chiqaradi. Hujjatda hisobdan chiqarish uchun muayyan shartlar (pensionerning yoshi, pensiya tayinlangan sana yoki b.) nazarda tutilmagan.

 

Shuningdek belgilanishicha, 2019 yil 1 yanvardan boshlab pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, hozir ushbu nafaqalarni toʻlash хarajatlari byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan amalga oshiriladi. Toʻlash tartibi tegishli nizomlar (VMning 7.04.2011 yildagi 107-son qarori va MAIMQVning 8.05.2002 yildagi 1136-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan buyrugʻi bilan tasdiqlangan) bilan belgilangan.  

 

Bundan tashqari, 2019 yil oхiriga qadar pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarni berish, shuningdek bola tugʻilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtiriladi.

 
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 


Lenara Xikmatova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_