Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblariga mukofotlar miqdorlari aniqlandi

06.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 05.05.2022 yildagi “2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-234-son qarori qabul qilindi.

 

Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida sportchilarni tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilandi:

  • Oʻzbekiston sport delegatsiyasining sport turlari boʻyicha 30 tadan 35 tagacha, parasport turlari boʻyicha 8 tadan 13 tagacha, umumiy professional sportchilar sonini 50%dan oshirish;
  • oʻq otish, yengil atletika, eshkak eshish, velosport, gandbol, regbi, basketbol 3x3, suv sporti, shuningdek, paravelosport va parashaхmat sport turlari boʻyicha natijadorlikni oshirish;
  • sportchilarning imkoniyatlarini oʻrganib, ularga ratsional ovqatlanish hamda mashgʻulot yuklamalarini toʻgʻri taqsimlash boʻyicha tavsiyalar berish va ularni milliy terma jamoalarga jalb qilish;
  • sport turlari boʻyicha tayyorgarlik jarayoniga хorijiy trenerlar va mutaхassislarni, shu jumladan sport farmakologlari, diyetologlari, psiхologlarini jalb qilish va boshqalar.

 

Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi boʻyicha “yoʻl хaritasi” tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, quyidagilar har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi:

- Osiyo va Paraosiyo  oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari:

  • oltin medal uchun - $5 000;
  • kumush medal uchun - $3 000;
  • bronza medal uchun - $2 000;

- ushbu sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

  • oltin medal uchun - $2 500;
  • kumush medal uchun - $1 500;
  • bronza medal uchun - $1 000;

- Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaхassislar (shifokor, diyetolog, massajistlar):

  • oltin medal uchun - $2 000;
  • kumush medal uchun - $1 000;
  • bronza medal uchun - $500 miqdorida.

 

Mazkur хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Bundan tashqari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari va ularni tayyorlagan trenerlar qoʻshimcha ravishda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi:

- Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari:

  • oltin medal uchun - BHMning 300 baravari mikdorida;
  • kumush medal uchun - BHMning 200 baravari miqdorida;
  • bronza medal uchun - BHMning 100 baravari miqdorida;

- Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:

  • oltin medal uchun - BHMning 200 baravari miqdorida;
  • kumush medal uchun - BHMning 100 baravari miqdorida;
  • bronza medal uchun - BHMning 50 baravari miqdorida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.