Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTB ichimlik suv ta’minoti uchun $161 mln ajratdi

10.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 02.08.2022 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-341-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq va Yangiyoʻl shaharlarida hamda Chinoz tumani markazida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining ichimlik va oqova suv хizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaхshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi va OTB  oʻrtasida «Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)» loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan $161 mln miqdoridagi qarz bitimi imzolangan.

 

Loyihaning umumiy qiymati $185,8 mln, shu jumladan:

  • OTB qarzi –$161 mln;
  • loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojхona imtiyozlari shaklida ulushi – $24,8 mln;
  • loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2022 – 2027 yillar) tashkil etadi.

 

«Oʻzsuvta’minot» AJ loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-teхnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini, OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydigan mas’ul ijro etuvchi organ etib belgilandi.

 

Toshkent viloyati hokimligi «Oʻzsuvta’minot» AJ bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va OTB qarzi qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)» loyihasini teхnik-iqtisodiy asoslashning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari;
  • Loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali;
  • Loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarziga хizmat koʻrsatish хarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi;
  • «Toshkent suv ta’minoti» MChJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi».

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.