Vazirlar Mahkamasining 21.09.2015 yildagi 273-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qaror Prezidentning "Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiqlashtirilgan. Hujjatda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining soni 10 dan 15 ga oshirildi hamda uning yangilangan Roʻyхati tasdiqlandi.