Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

OTMga qancha abituriyentlar oʻqishga kiradi

16.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.06.2022 yildagi farmoyishi bilan 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Yoshlarni oliy ta’lim bilan yanada kengroq qamrab olish, oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobatni kuchaytirish maqsadida 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi:

  • bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:

- kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;

- sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;

- kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;

- masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

  • magistrlar tayyorlash boʻyicha – 10 688 nafar.

 

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022 yil 20 iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

 

Lola Abduazimova.