Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Eksport boʻyicha QQSni qoplash uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati yangilandi Chet ellik хodimga «kasallik varaqasi» boʻyicha haq toʻlash: buхgalteriya hisobi va soliq oqibatlari Tayyor mahsulotlarni qanday hisobga olish kerak

OTMlaridagi grantlarni qayta taqsimlash tartibi belgilandi

17.03.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.03.2025 yildagi 143-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi belgilandi.

 

Nizom ikkinchi va undan yuqori kurslarda yuqori akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ijtimoiy faol talabalar oʻrtasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash hamda qoʻshimcha grant taqdim etish tartibini belgilaydi.

 

Oliy ta’lim tashkiloti granti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil oluvchi, oʻrtacha balli 3,3 dan 4 gacha boʻlgan talabalarning alohida toifalariga taqdim etilib, navbatdagi oʻquv yili uchun belgilangan toʻlov-kontrakt summasining 20 foizdan 80 foizgacha boʻlgan qismini ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplaydi.

 

Ikkinchi va undan keyingi kurslar uchun ta’lim grantlari soni oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan taqsimlanadi. Ular bakalavriat ta’lim yoʻnalishi, ta’lim tili va kurslar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib, toʻliq ta’lim granti va toʻliq boʻlmagan ta’lim grantiga ajratiladi.

 

Grantlar miqdori oʻquv yili yakunlanishidan kamida olti oy oldin oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova