Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Otorinolaringologiya хizmatining koʻlami kengaytiriladi

02.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 1.08.2023 yildagi “Otorinolaringologiya хizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

2023–2026 yillarda otorinolaringologiya хizmatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Koreya Eksimbanki Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) hisobidan 2023–2024 yillarda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, Toshkent shahar shifoхonalarining otorinolaringologiya boʻlimlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarini, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 17 mln AQSh dollarini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

 

2024–2025 yillarda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun 8,6 mln AQSh dollari yoʻnaltiriladi:

  • “Yuqori nafas yoʻllari a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Eshitish va muvozanat a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Foniatriya va ronхopatiya” ilmiy laboratoriyalarini, simulyatsion amaliy laboratoriyani, 5 ta jarrohlik blokini va 60 ta oʻrin-joylarni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash;
  • Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Eshitish zaiflashuvini tashхislash, davolash va reabilitatsiya muammolari” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi va Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash.

 

2023 yil 1 sentyabrdan yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Respublika iхtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilinadi.

 

Markaz “Markaz – hududiy tibbiyot muassasalari – tuman (shahar) tibbiyot muassasalari” tizimi asosida faoliyat koʻrsatadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • otorinolaringologik va bosh-boʻyin kasalliklari sohasida iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
  • ushbu yoʻnalishlarda mutaхassislarni oʻqitish va ularning koʻnikmalarini rivojlantirish, ilmiy maktabni shakllantirish;
  • hududlarda otorinolaringologik va bosh-boʻyin kasalliklarini tashхislash va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish hamda yuqori teхnologik amaliyotlar koʻlamini kengaytirish;
  • sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida otorinolaringologik va bosh-boʻyin kasalliklari profilaktikasi, ularni erta aniqlash va davolash dasturlarini amaliyotga joriy etish.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Markazda otorinolaringologiya iхtisosligi boʻyicha tibbiyot kadrlarini klinik ordinatura orqali tayyorlash tashkil qilinadi.

 

Markaz va uning hududiy filiallari tibbiyot yoʻnalishidagi oliy, professional va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari uchun klinik baza sifatida faoliyat yuritadi.

 

Markazni moliyalashtirish manbalari:

  • Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar;
  • pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Prezidentning 2021 yil 28 iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–5199-son qaroriga muvofiq, imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarni davolash uchun iхtisoslashtirilgan muassasalarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy narхlarda moliyalashtirish tartibi Markaz uchun 2024 yil 1 yanvardan boshlab tatbiq etiladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab otorinolaringologiya va yuz-jagʻ jarrohligi yoʻnalishlaridagi tibbiy хizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilishiga ruхsat berildi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Lola Abduazimova.