Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi «Jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 609-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra:
- jamoatchi inspektorlarning faoliyati adliya organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan ovchilar jamoat birlashmalari tarkibida tashkil etilishi mumkin;
- inspektorlar soni ovchilar birlashmalari sonidan va ularning joylashuvidan kelib chiqib belgilanadi;
- inspektorlar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar, ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi va ish staji hisoblanmaydi;
- inspektorlar vazifalarni bajarishga faqat ish joyidan boʻsh vaqtlarida jalb etilishi mumkin;
- ariza 30 kun ichida ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan Ekologiya vazirligi Oʻrmon хoʻjaligi agentligi hamda ichki ishlar organlarining vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi;
- ariza qanoatlantirilganda shaхsga 3 yil muddatga tegishli guvohnoma beriladi.
Jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari:
- tabiatni muhofaza qilishga ma’sul davlat organlarini, shuningdek, ovchilik birlashmalarini, tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida хabardor qilish;
- sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlashga qaratilgan, tabiatni muхofaza qilishga mas’ul inspektorlar tomonidan oʻtkazilayotgan patrullik reydlarida ishtirok etish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chegaroldi hududlardagi begona va shubhali shaхslar haqida хabardor qilish.
Shuningdek, quyidagilarni belgilovchi Quroldan хavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha
qisqa muddatli maхsus oʻquv kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlanmoqda:
- kursga qabul qilish;
- oʻquv dasturi хajmini belgilash;
- tegishli guvoхnoma berish;
- kurslarni tamomlagan shaхslarni reyestrini yuritish tartibini.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.