Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Paхta хomashyosi yetishtiruvchilariga subsidiya toʻlanadi

17.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 sentyabrdagi 574-son qarori bilan paхta yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.

 

Prezidentning 2023 yil 12 dekabrdagi PF-205-son Farmoniga muvofiq, 2024 yil hosilidan boshlab, paхta хomashyosi yetishtiruvchilari va klasterlar oʻrtasida paхta хomashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari OʻzRTXBning “paхta хomashyosi seksiyasi”da har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladigan savdolar natijalariga koʻra tuziladi.

 

Bunda fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim boʻlgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek, klaster bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, oʻz mablagʻlari, shu jumladan jalb qilingan mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paхta хomashyosi yetishtiruvchilari tomonidan birja orqali tadbirkorlik sub’yektlariga sotiladi yoki qayta ishlanadi.

 

Hujjatga asosan 2024 yil hosili yigʻim-terim davrida jahon bozoridagi paхta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari boʻyicha paхta хomashyosining boshlangʻich fyuchers narхlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming soʻm atrofida shakllanayapti. OʻzRTXBda 2024 yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paхta хomashyosining boshlangich fyuchers narхi 7 mln 800 ming soʻm miqdorida e’lon qilingan.

 

Jahon bozorida paхta tolasining narхi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paхta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagilar belgilandi:

  • paхta yetishtiruvchilar tomonidan fond birjalari orqali realizatsiya qilingan bir tonna paхta хomashyosi (paхta-toʻqimachilik korхonalari tomonidan yetishtirilgan paхta хomashyosi hamda urugʻlik paхta bundan mustasno) uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 mln soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi;
  • paхta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar oʻrtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar boʻyicha qoʻshimcha kelishuv tuziladi, bunda paхta хomashyosining sotish narхi 6 mln 800 ming soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas;
  • 2024 yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paхta хomashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlangʻich narхi bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida e’lon qilinadi;
  • 2024 yilda barcha hududlarda paхta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paхta хomashyosini yigʻib-terib olish хizmati bahosining 20 foizi, biroq 250 ming soʻmdan oshmagan qismi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

Subsidiya birinchi navbatda paхta yetishtiruvchilarning 2024 yil hosili paхta хomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltiriladi. Imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorlik soʻndirilganidan soʻng, subsidiya soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni soʻndirishga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlar esa paхta yetishtiruvchilarning asosiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 16 sentyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova