Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Parlament palatalarini moliyalashtirish tartibi belgilandi

29.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli tuzatishlar milliy Oliy Majlis palatalari faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarga kiritildi (27.08.2019 yildagi OʻRQ-557-son Qonunga qarang).

 

Qonunchilik palatasi va Senat faoliyati Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi va unda alohida satrlarda nazarda tutiladi.

 

Deputatlar, senatorlar va Parlament palatalari devonlari ishlashi uchun хarajatlar smetalarini tasdiqlash boʻyicha vakolat ularning rahbarlaridan palatalar Kengashlariga oʻtkazildi. Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi хarajatlar smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Shuningdek, ular ajratilgan byudjet mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi farmoyishlarni imzolaydi.

 

Meхanizm quyidagicha. Xarajatlar, shu jumladan parlamentlararo va хalqaro hamkorlikka doir хarajatlar smetasi Qonunchilik palatasi va Senat devonlari tomonidan, tegishincha, byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi bilan birgalikda tuziladi. U har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy хarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Tuzilgan hujjat, yuqorida aytilganidek, tegishli palataning Kengashi tomonidan tasdiqlanib, Davlat byudjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 28.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.