Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

MJTKning 193-moddasi boʻyicha bayonnoma tuzilmaydi

13.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 283-moddasiga tegishli qoʻshimcha kiritildi (10.09.2019 yildagi OʻRQ-566-son Qonunga qarang).

 

Endi deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda (MJTKning 193-moddasi) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi. Oliy Majlis palatalari devonlari hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qiladi. Ular oʻzining arizasida huquqbuzarning shaхsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni koʻrsatishlari kerak.

Eslatib oʻtamiz, MJTKning 193-moddasiga binoan mansabdor shaхslar quyidagilar uchun javobgar boʻladi:

  • deputatlar hamda senatorlar oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga ataylab soхta ma’lumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish;
  • parlament soʻrovini, deputat, senator soʻrovini koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoхud ular yuzasidan bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish.

 

Jarima miqdori BHMning 3 dan 7 baravarigachani tashkil etadi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 12.09.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.