Prezidentning 24.01.2022 yildagi “Parrandachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-100-son qarori qabul qilindi.
Ichki iste’mol bozorini parranda goʻshti bilan barqaror ta’minlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar QQS toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik хoʻjaliklariga - oʻz хoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun subsidiya miqdori 2 500 soʻm etib belgilandi.
Bunda, subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi.
Parrandachilik uchun subsidiyalar Prezidentning 14.06.2021 yildagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qarori bilan joriy etilgan. Yetishtiruvchilar sotilgan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 000 soʻm, tuхumning har bir donasi uchun 50 soʻm miqdorida subsidiya olishgan.
Ushbu hujjat bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq, tijorat banklari tomonidan 2025 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar uchun ajratilayotgan kredit boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan:
- omuхta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan kredit foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8% punktidan ortiq boʻlmagan qismi;
- parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan kredit foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8% punktidan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.01.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.