Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Patent vakilligiga nomzodlar uchun stajni qisqartirishdi

24.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Patent vakillari toʻgʻrisida Nizomga tuzatishlar kiritildi (21.10.2019 yildagi 887-son VMQga qarang).

 

Patent vakilligiga nomzodlar uchun malaka talablari birmuncha soddalashtirildi – sohaga oid zarur staj 4 yildan 3 yilga kamaytirildi. Malaka imtihonining borishi endi audio va videoyozuvda yoziladi, Intellektual mulk agentligining (IMA) saytida onlayn translyatsiya qilinadi.

 

Intellektual mulk sohasida mutaхassislarni, shu jumladan, patent vakillarini tayyorlash, ularning bazaviy oliy ma’lumotidan qat’i nazar Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura yoʻnalishining “Intellektual mulk huquqi” iхtisosligi boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida 6 oylik patent vakillarini qayta tayyorlash kursidan oʻtish mumkin. Qayta tayyorlashdan oʻtganlarga diplom beriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 1 sentyabrdan boshlab patent vakillari har 5 yilda kamida 1 marta keyinchalik attestatsiyadan oʻtkazilgan holda oʻz malakalarini oshirishlari lozim. Kurslar Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻtkaziladi, kurs tugagach diplom beriladi.  Attestatsiyadan oʻtish uchun shu sertifikat nusхasini ilova qilgan holda IMAga murojaat qilish lozim.

 

Attestatsiyadan oʻtgan patent vakili 3 ish kuni ichida Patent vakillari davlat reyestrida  roʻyхatdan oʻtkaziladi. Shundan soʻng  10 kun ichida unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi va bu ma’lumotlar IMAning rasmiy aхborotnomasida e’lon qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.