Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Pedagoglar uchun mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari tasdiqlandi

03.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023 yildagi “Pedagog хodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, sport, professional ta’lim muassasalari hamda oliygohlarning pedagog хodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari belgilanmoqda.

 

Umumta’lim maktab muassasalari oʻqituvchilari uchun uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi 56 kalendar kunni tashkil etadi. Toʻliq roʻyхat – shu yerda.

 

Uzaytirilgan mehnat ta’tillari uchun haq toʻlashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.

 

Ma’lumot uchun: Mehnat kodeksiga koʻra, ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlariga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.