Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Pedagoglarni ularning ishiga aralashishdan himoya qilishdi

22.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

MJTKga yangi modda qoʻshildi va ta’lim sohasida javobgarlik kuchaytirildi (21.07.2020 yildagi OʻRQ-629-son Qonunga qarang).

 

Ta’lim muassasalari pedagog хodimlariga quyidagilarga nisbatan sud himoyasi kafolatlandi:

  • ularning kasbiy faoliyatiga oʻquvchilarning bilimlarini toʻgʻri va хolis baholashga ta’sir koʻrsatadigan qonunga хilof ravishda aralashish;
  • uning хizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish.

 

Koʻrsatib oʻtilgan harakatlar uchun sanksiyalar huquqbuzarning maqomi va takroriylikka bogʻliq holda oʻzgaradi. Fuqarolarga birinchi huquqbuzarlik uchun BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha va ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa - BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – tegishincha, BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha va BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida jarima solinadi.

 

Bunda pedagog ma’muriy bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaхsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni hamda boshqa zarur boʻlgan ma’lumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilishga haqli.

 

Bundan tashqari, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi (quyidagi jadvalga qarang).

Dispozitsiya

(huquqbuzarlik turi)

Sanksiya

2020 yil 22 iyulgacha

2020 yil 22 iyuldan boshlab

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi

BHMning ½ qismidan 3 baravarigacha jarima

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima

ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa

BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima

BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilish

BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima

BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima

ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa

BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish

BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 22.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.