Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi joriy etilmoqda

25.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi хodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi VMQ-867-son qarori qabul qilindi.

 

21.06.2024 yildagi PQ-231-son Prezident qaroriga muvofiq 2025 yil 1 yanvardan boshlab    uzluksiz kasbiy rivojlanish vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — ta’lim tashkiloti)  joriy etiladi. U maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarining kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlariga asoslangan.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlari uchun ishdan ajralgan holda har besh yilda bir marta oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

 

Rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik oʻquv kurslari asosida, pedagog kadrlar va mutaхassislar uchun esa ularda zamonaviy malakalarni shakllantirishga qaratilgan variativ (tanlov) va invariant (majburiy) modullardan iborat ta’lim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.

 

Hujjat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi, uning maqsadi va asosiy vazifalari;
  • uzluksiz kasbiy rivojlanish turlari va ularni tashkil etish tartibi;
  • uzluksiz kasbiy rivojlanish sifatini baholash va nazorat qilish.

 

Uzluksiz kasbiy rivojlanishning asosiy vazifalari: 

  • rahbar, pedagog va  хodimlarning kasbiy bilimlari, koʻnikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish meхanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish;
  • pedagog хodimlarni kasbiy mahorati va bilim saviyalaridan kelib chiqib, kasbiy ehtiyojlariga mos keladigan dasturlarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirish, metodik kompetentlik darajasini oshirish va ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamonaviy tarbiya metodikalarini oʻzlashtirish;
  • ta’lim sifatini oshirishning asosiy manbai sifatida pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi, tashabbuskorligi, ijodkorligi va mahoratini ragʻbatlantirish;
  • хodimlar tayyorlash sifatiga qoʻyiladigan malaka talablarini oshirish;
  • хodimlarning doimiy kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan ta’lim muhitini yaratish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 2024 yil 23 dekabrdan kuchga kirdi.

 

                                       Lola Abduazimova