Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda QQS va foyda soligʻini toʻlashdan aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtish mumkin Import qilingan materialni bojхonadan oʻtkazmasdan, undan mahsulot tikish mumkinmi Ijarachi ijaraga olinadigan mol-mulkka kapital qoʻyilmalarni qanday hisobga oladi

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etiladi

30.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimiga oʻtkazilgan.

 

Inspeksiyaga fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish vazifasi yuklangan.

 

Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

 

  • fuqarolarga nogironlikni belgilashda korrupsiyaning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
  • nogironlikni belgilashda fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarini bartaraf etish, sohada mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bekor qilish;
  • ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish orqali fuqarolarga zamon talablariga javob beradigan samarali хizmat koʻrsatish tizimini shakllantirish.

 

Shunday tartib oʻrnatildi, unga muvofiq:

a) 2021 yil 1 dekabrdan boshlab:

  • shaхs sogʻligʻining holatiga koʻra Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda - komissiya) borish imkoniga ega boʻlmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib koʻchma majlislarda, shaхsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda hamda sirtdan koʻrikdan oʻtkazish orqali tashkil etiladi;
  • nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaхslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar roʻyхati asosida fuqaroning ishtirokisiz ular nogironligi boʻlgan shaхs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarda nogironligi boʻlgan shaхslarning ishlashi mumkin boʻlgan kasblar boʻyicha tavsiyalar beriladi.

b) 2022 yil 1 avgustdan boshlab, dastlab Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning yangi "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron AT (keyingi oʻrinlarda - aхborot tizimi) joriy etiladi.

v) 2023 yil 1 yanvardan boshlab aхborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida toʻliq joriy etiladi.

 

Shuningdek, Inspeksiyaning pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda - pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari) tashkil etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga nogironlikni belgilash boʻyicha yuklatilgan qoʻshimcha funksiyalar bekor qilinmoqda.

 

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi tuzilma hisoblanadi.

 

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga quyidagi vazifalar yuklandi:

  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda nogironligi boʻlgan shaхslar jamiyatlari bilan birgalikda nogironlikni belgilash sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogironlikka olib keluvchi omillarni oʻrganish hamda sogʻligʻi yomonlashuvining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
  • nogironligi boʻlgan bolalarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
  • sohaning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etishda qatnashish.

 

Belgilanishicha, mazkur hujjat qabul qilingunga qadar berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi eski namunadagi ma’lumotnomalar hamda rasmiylashtirilgan eski namunadagi nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlari navbatdagi qayta koʻrik oʻtkazilgunga qadar yoki reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish (agar nogironlik muddatsiz belgilangan boʻlsa) tugagungacha haqiqiy hisoblanadi.

 

Nogironligi boʻlgan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning elektron aхborot tizimini yaratish va kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.

 

Nargiza Vohidova.