3.09.1993 yildagi OʻRQ-938-XII-son «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunda pensiya tayinlanishini soʻrab murojaat etish muddatlari qisqartirildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Pensiya uchun barvaqt murojaat eting
Pensiya uchun barvaqt murojaat eting
29.12.2016

Kiritilgan tuzatishlarga koʻra, pensiya tayinlanishining quyidagi tartibi belgilangan:
- yoshga doir pensiya – agar pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab 60 kun (ilgari – uch oy) ichida uni soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, pensiya yoshiga toʻlgan kundan e’tiboran tayinlanadi;
- nogironlik pensiyasi – agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 60 kun (ilgari - uch oy) ichida pensiya soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Bu muhim! Boshqa barcha holatlarda pensiya murojaat etilgan kundan boshlab tayinlanadi.
Bundan tashqari, pensioner vafot etishi munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani toʻlash va dafn etish uchun nafaqa toʻlash endi pensioner vafot etganidan keyin 60 kun (ilgari - 6 oy) ichida murojaat etilgan taqdirda toʻlanadi.
Tegishli oʻzgartirishlar 27.12.2016 yil OʻRQ-417-son Qonun bilan kiritildi va 1.01.2017 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi