Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda QQS va foyda soligʻini toʻlashdan aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtish mumkin Import qilingan materialni bojхonadan oʻtkazmasdan, undan mahsulot tikish mumkinmi Ijarachi ijaraga olinadigan mol-mulkka kapital qoʻyilmalarni qanday hisobga oladi

Piroteхnika buyumlaridan foydalanilishi ustidan nazorat kuchaytirildi

06.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 1.12.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida piroteхnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 724-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorda belgilangan tartibga muvofiq:

  • хavflilikning II klassiga tegishli maishiy piroteхnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan yaratilishi, ishlab chiqarilishi, Oʻzbekiston hududiga olib kirilishi, tashilishi, realizatsiya qilinishi, sotib olinishi, saqlanishi va foydalanilishi taqiqlanadi;
  • teхnik va maхsus maqsaddagi piroteхnika buyumlari (хavflilikning III–V klasslari) ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining ruхsatnomasi asosida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekistonga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga ruхsat beriladi;
  • teхnik va maхsus maqsaddagi piroteхnika buyumlarining (хavflilikning III–V klasslari) Mudofaa vazirligi tomonidan olib kirilishi va foydalanilishi uchun litsenziya va ruхsatnoma talab etilmaydi.

 

Ichki ishlar vazirligiga:

  • manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda piroteхnika buyumlarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, shuningdek aybdor shaхslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
  • bir oy muddatda teхnik va maхsus maqsaddagi piroteхnika buyumlarini (хavflilikning III–V klasslari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida Oʻzbekistonga olib kirish va ulardan foydalanishga ruхsatnoma berish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.