Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 apreldan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradiBoʻlish shaklida qayta tashkil etishni qanday yuridik jihatdan toʻgʻri amalga oshirish mumkin BHMS boʻyicha ma’lumotlarni MHXS boʻyicha ma’lumotlarga transformatsiya qilishning asosiy bosqichlari

Polshalik sayyohlar uchun viza 2 kunda rasmiylashtiriladi

14.09.2017

 

Prezident «Polsha Respublikasi turistlari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisida»gi qarorga imzo chekdi. Hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida joylashtirilgan.

 

Kelasi yilning boshidan Oʻzbekistonga sayyoh sifatida tashrif buyurayotgan Polsha fuqarolariga 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatga kirish vizalari 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi. Hujjatlarni qabul qilish kuni ushbu muddatga kiritilmaydi.

 

Shuningdek, ular uchun sayyohlik vaucherlari va respublika turistik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi. E’lon qilingan hujjatda TIVga tegishli topshiriq keltirilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.