Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Poytaхt mahallalarini rivojlantirish uchun 584 mlrd soʻm ajratiladi

13.02.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 09.02.2023 yildagi «Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal  etish hamda aholi farovonligini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-50-son qarori qabul qilindi.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot koʻrgan mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlarini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd soʻm miqdorida foizsiz kredit ajratadi.

 

Mazkur kredit mablagʻlarining 200 mlrd soʻmi 2023 yilning IV choragida, 384 mlrd soʻmi 2024 yilning har choragida teng ulushlarda Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Jamgʻarmaga qaytariladi.

 

Toshkent shahar hokimligiga kredit mablagʻlari hisobidan Toshkent shahrining har bir mahallasiga qoʻshimcha 1 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.