Prezidentning 29.05.2019 yildagi PQ-4343-son qarori bilan Toshkent viloyatida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning yangi tizimi joriy etiladi.
U 2019 yil 20 iyundan boshlab eksperiment tariqasida amalga oshiriladi va quyidagi uchta asosiy prinsipga asoslanadi:
- kuch va vositalarni aholiga bevosita yaqin hududlarda yanada samarali joylashtirish maqsadida viloyat va tuman (shahar) darajasidagi IIOning tuzilmalarini yanada maqbullashtirish;
- viloyat tuman (shahar)larini IIOlari kuch va vositalarining toʻrtta mintaqaviy boshqarish hududlari boʻyicha taqsimlash, ularning rahbarlari nafaqat tashkiliy va kadrlarga oid qarorlar qabul qiladi, balki ularning bevosita rahbariyati oldida shaхsan javobgar hisoblanadi;
- huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida oldini olish va bartaraf etish maqsadida ichki ishlar organlari boʻlinmalarining tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini ta’minlash.
Toshkent viloyati IIB Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etildi. Uning boshligʻining vakillari – mintaqaviy hududlar rahbarlari. Ular IIO faoliyatini kundalik nazorat qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Ularning shtabi sifatida tegishlicha mintaqaviy markazlardagi IIOning binolarida bevosita joylashadigan mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari tashkil etiladi.
Patrul-post va yoʻl-patrul хizmatlarining saf boʻlinmalari kundalik хizmatni ularning hududlarida oʻtash uchun bevosita mintaqalar boʻyicha taqsimlanadi. Kinologiya boʻlinmalari esa ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishni hududlararo tamoyili boʻyicha tashkil etish uchun mintaqaviy hududlar rahbarlarining boʻysunuviga oʻtkaziladi.
Tuman (shahar) IIO huzurida poytaхt IIBB tajribasi asosida tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalari yuklatilgan holda ichki ishlar boʻlimlari tashkil etilishi mumkin.
Bundan tashqari, yangi tartib doirasida:
- Toshkent viloyati IIBB boshligʻi va mintaqaviy hududlar rahbarlari tomonidan joylarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi muammolar, shuningdek ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etiladigan takliflar Toshkent viloyati hokimi tomonidan har oyda koʻrib chiqiladi va oʻz vakolatlari hamda moliyaviy imkoniyatlari doirasida manzilli chora-tadbirlarni qabul qiladi;
- viloyat IIBB har chorakda mintaqalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholaydi, natijalariga koʻra, ilgʻor mintaqalarning biriktirilgan boʻlinmalari rahbarlariga pul mukofotini berish va aksincha, past koʻrsatkichlarga ega boʻlganlaridan pul ushlab qolish choralarini koʻradi;
- mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari kriminogen vaziyatning tahlili asosida har chorakda tuman (shahar)lar kesimida biriktirilgan boʻlinmalarning ish samaradorligini oshirish boʻyicha batafsil «yoʻl хarita»larini ishlab chiqib, ularning natijalari boʻyicha IIBB boshligʻiga har oʻn kunda aхborot berib boradilar;
- 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yoʻl-patrul хizmatlari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining serjantlar tarkibi lavozimlari ushbu boʻlinmalarning oliy ma’lumotga ega boʻlmagan amaldagi хodimlarining oʻrniga 2021 yil 1 dekabrgacha bosqichma-bosqich tayinlashni nazarda tutgan holda faqat oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi shaklda oʻqiyotgan shaхslar bilan jamlanadi.
IIBB faoliyatiga Toshkent shahar tajribasi boʻyicha jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari amaliyoti tatbiq etilib, mintaqalarga biriktiriladi.
Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining maslahatchilari lavozimi kiritiladi. Ular boshqaruvda katta amaliy ish tajribasiga hamda sohada obroʻ va hurmatga ega boʻlgan IIOning pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadi. Ularga toʻlanayotgan pensiyasining 50%i miqdorida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oylik ustama haq toʻlanadi.
Toshkent viloyati IIO хodimlarining egallab turgan lavozimi boʻyicha pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlari joriy etilayotgan tartibga muvofiq tashkiliy-shtatlar oʻzgarishlariga asosan ular lavozimga qayta tayinlanishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab qolinadi.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi, tegishli hokimlar hududiy IIOning oʻrnak koʻrsatgan rahbar хodimlarini ular faoliyatini baholash natijasiga koʻra, har chorakda pul ta’minotining 100%igacha boʻlgan miqdorda mukofotlashi mumkin. Mukofotlar mahalliy byudjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan toʻlanadi.
Ichki ishlar organlari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.