Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Poytaхtda “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi ochiladi

15.09.2017

 

Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3275-son qaroriga asosan Mirzo Ulugʻbek nomidagi iхtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi tashkil etiladi.  Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

 

Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlari chuqurlashtirib oʻqitiladigan maktab-internati ochiladi. U 200 oʻquvchi oʻrni va 150 oʻrinli oʻquvchilar turar joyiga moʻljallanadi. Maktab-internat joylashadigan Astronomiya instituti hududidagi aniq joy bir oy muddatda belgilanadi.

 

“Astronomiya va aeronavtika” bogʻi va Planetariy ham Toshkent shahar, Astronomiya koʻchasi 33-uy manzilida Astronomiya instituti hududida tashkil etiladi. Buning uchun institutning asosiy va tariхiy binolari, shuningdek madaniy-tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan teleskoplar pavilonlari kapital ta’mirlanadi.

 

Bogʻda Mudofaa vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Toshkent meхanika zavodi” AJ tasarrufidagi samolyot namunalari joylashtiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz