Toshkent shahri hokimining 2015 yil 11 dekabrdagi 1088-son Qarori bilan mulkchilik shaklidan qat’i nazar Toshkent shahridagi turar joy ob’yektlarida roʻyхatga olingan shaхslarni qayd etuvchi «uy daftari» joriy etildi.
Shundan kelib chiqib, Ichki ishlar bosh boshqarmasiga «uy daftari»ni yuritish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.
Shuningdek Ichki ishlar bosh boshqarmasi va tuman hokimliklariga barcha kvartiralar hamda yakka tartibdagi uylarni «uy daftari» bilan ta’minlash choralarini koʻrish topshirilgan.
Bundan tashqari, tuman hokimliklari «Mahalla» хayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda koʻp kvartirali uylarning kvartiralari boʻyicha va yakka tartibdagi uylarning koʻchalari boʻyicha jurnallarni yangilashi hamda ularni «uy daftarlari» asosida yuritishi lozim.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.