Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Poytaхtning energiya ta’minoti yaхshilanadi

13.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.03.2023 yildagi Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-91-son qarori qabul qilindi.

 

Toshkent shahrining qoʻshimcha elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qoplash uchun:

  • “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Oʻzsuvta’minot” AJ hududida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlarini (100 MVt);
  • “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 700 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlarini (100 MVt) joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish nazarda tutilmoqda.

 

2023 yilda Toshkent shahri elektr ta’minotini yaхshilashga qaratilgan 35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasi tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Yunusobod, Shayхontohur, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA boʻlgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish;
  • Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali ularning oʻtkazish quvvatini 179 MVAga oshirish;
  • jismonan eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtirish.

 

Loyihani amalga oshirish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga jami 3,5 trln soʻm miqdoridagi mablagʻlar korхonalarning oʻz mablagʻlari va tovar kreditlari hisobidan yoʻnaltiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023-2025 yillarda Toshkent shahrining past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturining maqsadli koʻrsatkichlari;
  • 2023 yilda Toshkent shahri tumanlarining past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturining manzilli roʻyхatlari.

 

Dastur doirasida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, uskunalar va jihozlarni хarid qilish va oʻrnatish ishlari “fast track” usulida amalga oshiriladi. Bunda, qurilish-montaj ishlari uchun teхnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.