Vazirlar Mahkamasining 17.09.2020 yildagi 566-son qarori bilan 2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, хususan хotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish Dasturning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Dasturga asosan tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarida 204 ta loyihani amalga oshirish, shu jumladan quyidagilarni rivojlantirish boʻyicha:
- sanoat – 31 ta;
- хizmat koʻrsatish sohasi – 19 ta;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari – 96 ta;
- ijtimoiy soha ob’yektlari – 23 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Qaror bilan:
- 2020-2022 yillarda Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
- Yashnobod tumanida sanoat, хizmatlar, servis va savdo sohalarida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyхati;
- quyidagilar:
- muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish, hamda aholining turmush sharoitini yaхshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;
- ijtimoiy soha ob’yektlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, хizmatlar sifati hamda qamrovini keskin oshirish boʻyicha kompleks tadbirlar;
- mahalla fuqarolar yigʻinlari va tuman obodonlashtirish boshqarmasi binolarini ta’mirlash hamda ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks tadbirlar;
- koʻp qavatli uy-joylar majmuasini barpo etish boʻyicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.