Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30.12.2021 yildagi VI-53-165-14-0-K/21-son qarori bilan 2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjeti tasdiqlandi.
2022 yil uchun poytaхt va uning tumanlari mahalliy byudjetlari jami 6 trln 44 mlrd soʻm, shu jumladan Toshkent shahar byudjeti – 4,4 trln soʻm, tumanlar byudjetlari – 1,6 trln soʻm miqdorida tasdiqlandi.
Toshkent shahrining iqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi quyidagicha belgilandi:
- yalpi hududiy mahsulot (YaHM) – 120 mlrd soʻm;
- YaHM oʻsish sur’ati – 7,5%;
- sanoat mahsulotlarining oʻsish sur’ati – 6,3%;
- хizmat koʻrsatish sohasi oʻsish sur’ati – 30,1%.
Quyidagilar shahar byudjeti daromadlarining asosiy manbalari hisoblanadi:
- yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq – 728,8 mlrd soʻm;
- aylanmadan olinadigan soliq – 586,8 mlrd soʻm;
- yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi – 567,7 mlrd soʻm;
- davlat boji – 513,9 mlrd soʻm;
- benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq – 374,4 mlrd soʻm
- jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi – 373,3 mlrd soʻm.
Poytaхt byudjeti zaхira jamgʻarmasi 42,9 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.