Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Prezident stipendiyalari qanday beriladi

04.05.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.05.2023 yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalari, respublikadagi хorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini moddiy hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 181-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ta’lim muassasasi har yili 15 oktyabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi.

 

Vazirlik 1 noyabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda oʻtkazib beradi.

 

Stipendiyalarni toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Talabalarga moddiy yordam uchun ariza oliy ta’lim muassasasi tomonidan 15 sentyabrga qadar topshiriladi, Vazirlik tomonidan 1 oktyabrga qadar ularning hisobvaraqlariga oʻtkazib berilishi nazarda tutilgan.

 

Moddiy yordam berish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 noyabrdagi “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 739-son qarori bilan belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.