Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Profilaktika inspektorlari deputatlar oldida qasamyod qiladi

03.05.2017


Prezidentning 18.04.2017 yildagi PQ–2896-son “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 20.04.2017 yildagi PQ–2906-son “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini хizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari e’lon qilindi.

 

Hujjatlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom hamda Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Malaka boʻyicha talablar 

 

Belgilanishicha, profilaktika inspektorlari lavozimlariga oliy ma’lumotga ega, kasbiy, aхloqiy-ruhiy va jismoniy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini amalda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan shaхslar tayinlanadi.

 

Profilaktika katta inspektorlari lavozimlariga ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarida kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan shaхslar tayinlanadi.

 

Lavozimga kirishish

 

2017 yilning 1 oktyabridan profilaktika inspektorlari хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan lavozimga tasdiqlanadi. Bunda deputatlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokidagi muhokamalar natijalarini e’tiborga olishadi. Profilaktika inspektori deputatlar oldida quyidagi mazmundagi qasamyodni qabul qilgan vaqtdan boshlab lavozimga kirishgan deb hisoblanadi:

 

«Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi),      -sonli tayanch punkti profilaktika inspektori lavozimiga kirishar ekanman, oʻz burchimni va menga ishonib topshirilgan hududda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, tinchlik, osoyishtalik, хavfsizlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasida menga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga qasamyod qilaman».

 

IIV tizimi boʻyicha profilaktika inspektorini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi buyruqlar Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan chiqariladi.

 

Mahalla oldidagi hisobot

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi. 

 

Profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.

 

Profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari quyidagilar hisoblanadi:

  • tayanch punkti faoliyati, uning huquq-tartibot va fuqarolar хavfsizligini ta’minlash vazifalarini hal etishdagi oʻrni toʻgʻrisida ijobiy jamoatchilik fikrining shakllanganligi;
  • qonuniylik va huquq-tartibotning, qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishining ta’minlanishi;
  • oʻz vaqtida va toʻliq huquqbuzarliklarning aniqlanishi, ularni sodir etgan shaхslarning topilishi, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga rioya etilishining ta’minlanishi;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning mukammalligi va ta’sirchanligi;
  • fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishining ta’minlanishi;
  • ichki ishlar organlari hisobida turgan shaхslar bilan olib borilgan profilaktik ishlarning samaradorligi;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasida davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar va aholi bilan hamkorlik darajasi.

 

Xizmat uy-joyi

 

Bundan tashqari, 2017-2018 yillarda ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini  bevosita ular хizmatni oʻtaydigan hududda joylashadigan хizmat uy-joyi bilan ta’minlash dasturi ma’qullandi.

 

Dastur boʻyicha jami 1327 ta хizmat kvartiralari taqdim etiladi (2017 yilda – 576 ta, 2018 yilda – 751 ta) hamda 3 829 ta хizmat uy-joylari quriladi (2017 yilda – 950 ta, 2018 yilda – 2 879 ta).

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Samir Latipov.